Trilliant loyihasi Toshkentning markazida joylashgan bo‘lib, dunyoning eng yaxshi me'morlik kompaniyalaridan biri – DPA tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu kompaniya Dubai Mall savdo markazi dizayneri hisoblanadi. Trilliant tarkibiga A sinf ofislari, 5 yulduzli InterContinental mehmonxonasi, premium savdo zonasi, restoranlar va landshaft bog‘i kiradi.
Binolar tayyor ta'mir bilan taqdim etiladi, oshxona zonasi va muzokaralar xonalarini tashkil etish imkoniyati mavjud. Binoda to‘rt quvurli isitish va sovutish tizimi o‘rnatilgan. Ventilyatsiya tizimlari kichik maydonda ko‘p ish o‘rinlarini joylashtirish imkonini beradi.