
EA Insurance
Abdulla Qodiriy ko'chasi, 3a
EA Insurance binosi dizaynerlik bezaklari va sifatli muhandislik tizimlari bilan ofis maydonlarini taqdim etadi. Qulay ish joylari va o'zining yer osti avtoturargohi mavjud. Olay bozori yaqinida joylashgan. Atrofdagi ko'plab kofe va restoranlar tushlik tanaffuslari uchun qulaylik yaratadi. Birinchi qavat ofis qismidan qolishmaydigan sifatli ta'mirlangan restoran sifatida jihozlangan. Umumiy maydoni - 3 891 kv.m. Bino butunlay sotiladi. To'liq narxi - 10 000 000 $, QQSsiz









