Barqaror qurilish va aqlli ekologik-texnologik shaharga bag'ishlangan ICCI ikkinchi sessiyasi doirasida, Yangi Toshkent mega-loyihasi misolida, CMWP Uzbekistan loyiha konsaltingi va ma'lumotlarni boshqarish rahbari Aleksey Letunovskiy "Sanoat parklari va transport hablari mintaqaviy iqtisodiyotning yangi o'sish nuqtasi sifatida" mavzusida taqdimot qildi.


Aleksey o'z ma'ruzasida shahar muhitida logistika obyektlarini rivojlantirishdagi risklarni sanab o'tdi va sanoat hamda logistika zonalari shakllantirish bo'yicha tavsiyalar berdi. Mutaxassis sanoat parklari va logistika hablari yordamchi infratuzilma emas, balki barqaror shahar va kelajak iqtisodiyotining asosiy tayanchi ekanligini ta'kidladi.