Tez rivojlanayotgan sanoat sektorida bizning ekspertlar jamoamiz O‘zbekistonda mos keluvchi ombor ob’ektini topish, sotish yoki sotib olish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Biz sanoat ko‘chmas mulkiga oid har qanday kelishuvda va uning har bir bosqichida siz bilan birgamiz: talablarni aniqlash/TZ (Texnik Zadacha) tuzish; sizning maqsadlaringizga mos keluvchi joyni qidirish va tanlash. 2PL va 3PL xizmatlarni taqdim etamiz. Sizning kompaniyangizning uzoq muddatli strategiyasi va maqsadlariga muvofiq maksimal samarali natijalarga erishishda professional yordam beramiz.
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq turli ishtirokchilar bilan doimiy o‘zaro aloqa tufayli biz bilimlarimizni har kuni yangilab va kengaytirib, mijozlarimizning vazifalarini tezkorlik bilan hal qilamiz.
Biz quyidagi xizmatlarni taqdim etamiz:
- Ombor qidirish;
- Omborni ijaraga olish/sotib olish/sotish;
- 2PL, 3PL xizmatlari;
- Sanoat ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilish;
- Omborni boshqarish tizimini joriy etish (WMS – Warehouse Management System).
Ish quyidagi uch bosqichdan iborat:
1. Talablarni aniqlash
Sizning so‘rovingiz asosida biz sizning biznesingiz uchun maksimal samarali ob’ektlar bo‘yicha talablarni tahlil qilamiz, aniqlik kiritamiz va birgalikda ishlab chiqamiz. Biz quyidagi jihatlarni hisobga olamiz:
- Maydon;
- Joylashuv talablari (shahar logistikasimi yoki shahardan masofa oralig‘i);
- Operatsion faoliyat boshlash muddati;
- Texnik talablar (ishchi balandlik, pol yuklama hajmi, kolonlar oralig‘i, doklar soni va boshqalar);
- Mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha maxsus talablar (farmatsevtika, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, harorat nazoratini talab qiladigan mahsulotlar va boshqalar).
2. Bozorni tahlil qilish
Olingan ma’lumotlarni tahlil qilib, TZni kelishib chiqqan holda, biz sizning talablaringizga javob beruvchi omborlarni ijaraga olish yoki sotib olish uchun mavjud barcha variantlarni taklif qilamiz.
3. Yechim
Bizning ob’ektlar bazamizni doimiy yangilashimiz tayyorgarlik uchun ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Agar mos variantlar bo‘lmasa, mavjud omborlarni rekonstruksiya qilish yoki yangi ob’ektlar qurilishi (BTS – Build to Suit) imkoniyatini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Bizning muhim loyihalarimizdan biri – O‘zbekistonda birinchi zamonaviy «A» sinf omborini qurishdir. Loyihalarni amalga oshirishda tizimli va tuzilmaviy yondashuvimiz xavflarni boshqarishni ta’minlaydi va eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi.
Biz professional tajribamiz va kelishuv jarayonlarini samarali kuzatib borishimiz tufayli ishonchli natijani kafolatlaymiz, shuningdek, kelishuvning butun sikli ustidan to‘liq nazoratni ta’minlaymiz va mijozlarimizga jarayonning barcha bosqichlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etamiz.