Savdo va jamoat joylarini rivojlantirish departamenti rahbari etib Liliya Yeremenko tayinlangani haqida xabar berishdan mamnunmiz

 

Liliya – Rossiya, Gruziya, O‘zbekiston bozorlari bo‘yicha tajribaga ega, tijoriy ko‘chmas mulk konsaltingi va brokerlik sohasida 20 yillik ish tajribasiga ega professionaldir.

Liliyaning ko‘chmas mulk sohasini har tomonlama tushunishdagi yuqori malakasi, shu jumladan, dasturchi (mulk egalari, quruvchilar, ishlab chiquvchilar) va foydalanuvchi (savdo ko‘chmas mulk operatorlari, ofis maydonlari ijarachilari) tomonlarida hamda xalqaro konsaltingda ishlagan tajribasidan kelib chiqadi. Liliyaning portfelida Renaissance Development, EKE Group, LEGENDA Intelligent Development, O’KEY Group, JLL kabi kompaniyalar bilan ishlagan.

Liliyaning mijozlari qatorida sanoatning xalqaro yetakchi kompaniyalari: IBM, DHL, ARE Group, Gazprom, Sberbank, Delovye Linii, Schlumberger, Maersk, Inditex, H&M, McDonalds, L'Oreal, Sportmaster, Melon Fashion Group va boshqalar bor.

Liliyaning portfelida Pulkovo Sky Business Center [Sankt-Peterburg], Infinity [Toshkent] kabi taniqli ofis ob’yektlari va savdo ko‘chmas mulk ob’yektlarini boshqarish ishlari mavjud. Liliya tomonidan boshqarilayotgan biznes-markazlar va savdo markazlarining umumiy maydoni 300 ming kv.m dan oshadi.

O‘zbekistonda Liliya yuqori malakali ekspert sifatida tan olingan, uning ismi bozorga ma’lum.

Toshkentda Liliya 2 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatning yetakchi ishlab chiquvchi kompaniyalarida tijoriy ko‘chmas mulk boshqarmasiga rahbarlik qilgan. U Infinity, Golden House, Murad Buildings portfellarida turar-joy majmualari, savdo va biznes-markazlarining tijoriy konsepsiyalarini ishlab chiqqan.

Toshkent biznes-doiralarida Liliya Spot nashrida ustunlar muallifi, savdo ko‘chmas mulk bozoriga bag‘ishlangan CMWP Uzbekistan podkastlarining boshlovchisi sifatida ham tanilgan.

CMWP Uzbekistanning Liliya bilan hamkorligi poytaxtdagi Compass Mall savdo-ko‘ngilochar markazining marketing pozitsiyasini ishlab chiqish va rekonseptsiyasini loyihalashdan boshlangan.

Loyuha CMWP Uzbekistanning yangi biznes yo‘nalishi: savdo va jamoat joylarini rivojlantirishning boshlanishi bo‘ldi.

Savdo va jamoat joylarini rivojlantirish departamenti rahbari sifatida Liliya savdo ko‘chmas mulk ob’yektlarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish bosqichida to‘liq konsalting tsiklini, tijoriy konsepsiyalar va rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishdan tortib, ekspluatatsiya bosqichida daromadni optimallashtirish va maksimal darajaga ko‘tarishgacha bo‘lgan jarayonlarni nazorat qiladi.

Jamoamiz samarali strategiyalarni shakllantirishga yordam berishda davom etadi, Liliyaning ekspert hissasi esa Respublikaning savdo va jamoat joylarining tijoriy jozibadorligi va rentabelligini oshirib, mijozlar biznesining o‘sishi uchun barqaror platformani yaratadi!

Biz CMWP Uzbekistanning Liliya jamoamizga qo‘shilishi bilan kuchayganiga ishonamiz!