Fevral oyining oxiri ko‘chmas mulk sanoati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik tadbirlariga boy bo‘lib, unda CMWP ekspertlari ma’ruzachi, moderator va hammuallif sifatida faol ishtirok etadilar.

 

Toshkent bizni 2 ta asosiy ko‘chmas mulk tadbiriga taklif qiladi:

  1. ICCI qurilish sanoati xalqaro konferensiyasi UzBuild qurilish ko‘rgazmasi doirasida.

Sanasi: 2025-yil 25-26-fevral

O‘tkaziladigan joyi: CAEx [Central Asian Expo Uzbekistan]

Bu yil ICCI UzBuild konferensiyasi Toshkent va O‘zbekiston Respublikasining eng zamonaviy ishbilarmonlik va tarmoq tadbirlari maydonchasida – CAExda bo‘lib o‘tadi.

  1. UrbanForum Tashkent – O‘zbekiston yosh me’morlar uyushmasi hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti [MHTI] tashabbusi bilan tashkil etilgan II Urban-Forum.

Sanasi: 2025-yil 27-fevral

O‘tkaziladigan joyi: MHTI [Xadra massivi, 33]

Forum urban-forum hammuallifi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining maydonchasida bo‘lib o‘tadi.

 

Boku «Dvijenie» Xalqaro developperlar sammitiga taklif qiladi

Sanasi: 2025-yil 27-28-fevral

O‘tkaziladigan joyi: JW MARRIOTT ABSHERON, Boku, Ozarbayjon

 

CMWP ekspertlari – CMWP Uzbekistan bosh direktori Denis Sokolov va kompaniyamizning loyiha konsalting va ma’lumotlar boshqaruvi departamenti rahbari Aleksey Letunovskiy ushbu tadbirlar doirasida ma’ruzachi va moderator sifatida ishtirok etishadi va ular bilan bevosita suhbatlashish mumkin bo‘ladi.

 

Toshkent va Bokudagi CMWPUzbekistan ekspertlarining chiqishlari jadvali:

 

  1. 26.02.25. 11:20 dan 12:40 gacha Aleksey Letunovskiy ICCI UzBuild dasturida "Kelajak Toshkenti: shahar muhitini yangilash uchun innovatsion yechimlar" sessiyasida chiqish qiladi. Aleksey shahar muhitini rivojlantirish va yangilashda xususiy investitsiyalar rolini tushuntirib beradi.

Qayerda: CAEx

  1. 27.02., payshanba kuni - Aleksey Letunovskiy II UrbanForum Tashkentda ma’ruzachi va moderator sifatida ikki marta chiqish qiladi.

15:00-15:30 Atlas byurosi hamkasblari bilan birgalikda Aleksey Letunovskiy Atlas bilan birgalikda tayyorlangan "Toshkent IQ: Shaharning o‘zgarish dinamikasini qayd etish" noyob tadqiqotini taqdim etadi.

"Toshkent IQ" – bu O‘zbekiston poytaxtining chuqur tahlili bo‘lib, uni urbanistlar, shaharsozlar, me’morlar va sotsiologlardan iborat professional jamoa to‘plagan.

Taqdimot davomida ekspertlar shaharni rivojlantirishning eng dolzarb masalalariga to‘xtalib o‘tadilar. Ulardan ba’zilari:

  1. Shaharning o‘zgarishlarini qayd etish nima uchun kerak
  2. Toshkent dizayn-kodi – shahar muhitining ko‘rinishini nazorat ostida rivojlantirish vositasi
  3. Reglamentlar va shahar muhiti: tarix, madaniyat, shahar rivojlanish rejalari bilan o‘zaro bog‘liqlik

Tahlilning ommaviy nashri mart oyining o‘rtalariga mo‘ljallangan, ammo UrbanForum mehmonlariga tadqiqot mavzulari haqida birinchilardan bo‘lib bilib olish va uning yakuniy versiyasiga o‘z hissasini qo‘shish, o‘z fikrlarini tahlil mualliflari bilan o‘rtoqlashish imkoniyati beriladi.

Qayerda: MHTI [Xadra massivi, 33]

 

16:00 dan 17:30 gacha Aleksey II UrbanForum Tashkent dasturida ham №3 sessiya "Cheklangan byudjetlar doirasida shahar makonini transformatsiyasi" moderator sifatida chiqish qiladi.

Sessiya ishtirokchilari bilan Aleksey quyidagi muhim masalalarni muhokama qiladi:

  1. Bosh reja va shahar iqtisodiyoti o‘rtasidagi bog‘liqlik;
  2. Shahar byudjeti va uning urbanizatsiyaga ta’siri;
  3. Cheklangan byudjetlar sharoitida bosh reja va master-rejalarni amalga oshirish;
  4. va shaharning majburiy zamonaviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq boshqa masalalar.

Qayerda: MHTI [Xadra massivi, 33]

 

Shu kuni, 27.02.25., lekin Ozarbayjon poytaxti Bokuda - CMWP Uzbekistan bosh direktori Denis Sokolov mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya imkoniyatlari va mamlakatning developper bozorini muhokama qilishga bag‘ishlangan "Dvijenie" xalqaro developperlar sammitining yalpi majlisiga moderatorlik qiladi.

Qayerda: JW MARRIOTT ABSHERON, Boku

 

 

YUQORIDA E’LON QILINGAN KONFERENSIYALARDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTNI USHBU TADBIROGLARNING SAYTLARIDAN IZLANG, ULARNI BIZ SIZNING QULAYLIGINGIZ UCHUN USHBU E’LONDA TO‘PLAB BERDIK.