CMWP Webster Universiteti tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va kecha universitet hududida bo‘lib o‘tgan "Career Fair" (Karyera yarmarkasi)da ishtirok etdi. Yarmarkaning maqsadi - Webster Universiteti talabalarini O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan xalqaro kompaniyalar bilan tanishtirish va, albatta, talabalarga ulardagi ish va stajirovka imkoniyatlari haqida maksimal ma'lumot berishdir. 

Bizning jamoamizni CMWP ijara va sotib olish bo‘limining eng yosh mutaxassislari - brokerlar Oleg Lyapustin va Nasima Axmatova taqdim etdilar. Hamkasblar talabalar bilan suhbatlashdilar, bizning biznesimizning o‘ziga xos jihatlari, kompaniyaning missiyasi va tamoyillari haqida so‘zlab berdilar, o‘zlarining amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va Webster Universiteti talabalarining barcha qiziqtirgan savollariga javob berishdi.