Har bir kishiga hozirda 22,8 kv. m turar-joy maydoni to'g'ri keladi

2023-yil 1-iyul holatiga ko'ra, Toshkent aholisi 3 million kishiga yaqinlashdi. Xalqaro maslahatchi kompaniya Commonwealth Partnership Uzbekistan (CMWP) fikricha, kelajakda poytaxt aholisi soni faqat o'sib boradi.

Tashkilot "Kursiv"ga ma'lum qilishicha, 2035-yilga kelib poytaxt aholisi soni 4 millionga, 2050-yilga kelib esa 5,4 millionga yetadi. Kompaniyada bu tendentsiyani shiddatli urbanizatsiya va butun O'zbekistondan shahar mehnat bozoriga kadrlar jalb qilinishi bilan bog'lashadi.

Bugungi kunda Toshkent aholi zichligi London, Gonkong va Milan kabi global jahon markazlari bilan qiyoslanadigan darajada baholanmoqda. O'zbekiston poytaxtining har 1 gektariga 68 kishi to'g'ri keladi, deb hisoblanadi. Shu bilan birga, Toshkent boshqa yirik shaharlarga qaraganda aholi taqsimlanishining yanada bir xil tuzilishiga ega.

O'zbekiston poytaxti aholisining aksariyati xususiy uylarda yashaydi. Toshkentda uy-joy bilan ta'minlanganlik darajasi aholi jon boshiga 22,8 kv. m ni tashkil qiladi.

CMWP ta'kidlashicha, Toshkentda aholi sonining o'sishi bilan turar-joy fondini sifat jihatdan o'zgartirish masalasi yanada keskinlashadi. Yuqori malakali kadrlarga sifatli uylar kerak bo'ladi.

 

Manba: Kursiv

Foto: Piqsels