Samsung Electronics - smartfonlar, telekommunikatsiya uskunasi, maishiy texnika, audio va video qurilmalar ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan, oddiy biznes falsafasiga amal qiladi: inson va texnologik resurslardan foydalanib, yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni yaratish, shu bilan dunyo bo'ylab va O'zbekiston hududida jamiyat holatini yaxshilashga hissa qo'shish.
Qurilishni boshqarish CMWP departamentining Fit-Out jamoasi loyihaning bosh pudratchisi sifatida, 1200 m² dan ortiq ofis maydonining ichki bezaklarini xalqaro standartlarga muvofiq yakunladi. CMWP Uzbekistan mutaxassislari Fit-Out jamoasi oldida qurilish rejalarini, sxemalarni, texnik hisob-kitoblarni o'z ichiga olgan ishchi hujjatlarni tayyorlash va ofis maydonini tayyorlash uchun qurilish-montaj ishlarini bajarish vazifasi turgan edi.
Ish rekord muddatda - 4 oydan kamroq vaqt ichida bajarildi. Qurilishni boshqarish CMWP departamentining ichki bezak jamoasini va loyiha rahbari Pavel Gabdullinni tabriklaymiz!


