2023-yil natijalari bo‘yicha

O‘zbekiston tijorat banklari 2023-yilda jami 16,85 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari bergan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 17%ga ko‘p, deb xabar berdi Commonwealth Partnership Uzbekistan (CMWP) xalqaro konsalting kompaniyasi. Ushbu tadqiqot hisoboti «Kursiv»da mavjud.

Tahlilchilar ta’kidlashicha, mamlakatda dollarda berilgan ipoteka kreditlari miqdori o‘smoqda. Bu 2023-yilda 1439 million dollarni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 10,6%ga oshgan.

O‘tgan yili berilgan ipoteka kreditlarining qariyb 60% birlamchi bozorda ajratilgan. Qolgan 40% ikkilamchi uy-joylarga to‘g‘ri kelgan. Bu nisbat yil davomida o‘zgargan: yangi kvartira va uylarning mashhurligi 15%ga pasaygan.

2022-yilda birlamchi va ikkilamchi bozorlardagi umumiy bitimlar sonidan ipoteka shartnomalari ulushi 28%ni tashkil etgan.

 

Manba: Kursiv