"Toshkent City" qanday falsafa bilan qurilgan? Nega transportni rivojlantirish qurilishdan oldin bo'lishi kerak? Nega poytaxtlar boshqa hududlardan tezroq rivojlanadi va buni o'zgartirish mumkinmi? Ushbu va boshqa savollarga hududlarni rivojlantirish bo'yicha ekspert Yuliya Tokareva javob berdi.
Shaharsozlik tilida "Toshkent City" yoki Yangi Toshkentni qurish hududlarni rivojlantirish, ya'ni dewelopment deb ataladi. Bunday loyihalar, odatda, hukumatdan keladigan katta g'oya bilan boshlanadi. Hokimiyatga bu g'oyalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun zamin tayyorlashda konsaltinglar yordam beradi.
Commonwealth Partnership kompaniyasining hamkori va strategik konsalting departamenti rahbari Yuliya Tokareva "Gazeta.uz"ga bergan intervyusida hududlarni rivojlantirish uchun nima kerakligi, transportni rivojlantirish nima uchun hududlarni qurishdan oldin bo'lishi kerakligi va O'zbekistonning investorlar uchun jozibadorligini qanday oshirish mumkinligi haqida gapirib berdi.
Commonwealth Partnership - bu xalqaro kompaniyalar guruhi bo'lib, u biznes va davlat tuzilmalariga hududlarni rivojlantirish bo'yicha maslahatlar beradi. Kompaniya O'zbekistonda 2018 yildan buyon ishlamoqda. Shu vaqt ichida 16 ta loyihani amalga oshirdi, jumladan, Tashkent Cityning tijoriy konsepsiyasini, Amir Temur xiyoboni (sobiq Ucell avtoturargohi) hududida ko'p funksiyali majmua konsepsiyasini, Seoul Mun qurilishi konsepsiyasi bo'yicha tavsiyalar, Samarqanddagi sanoat-sklad zonasi va boshqa loyihalarni ishlab chiqdi.
Eslatib o'tamiz, avvalgi materialda Yuliya Tokareva ko'chmas mulk bozorida nima uchun avval qimmat uylar qurilishi, taklifni qanday diversifikatsiya qilish va ipoteka "ko'pagi"dan qochish mumkinmi, degan savollarga javob bergan edi.
Hududlarni kim rivojlantiradi?
Katta dewelopment loyihalari ko'pincha 50 gektardan ortiq hududlarda amalga oshiriladi. Bunday keng ko'lamli uchastkalarni rivojlantirish tashabbusi odatda davlatdan keladi. Ularning amalga oshirilishi kattaroq vazifalarni hal qilishga qaratilgan katta g'oya bilan boshlanadi.
Masalan, O'zbekistondagi birinchi zamonaviy hududiy rivojlanish loyihasi bo'lgan "Toshkent City"ni qurish g'oyasi mamlakat investitsiya bozorining o'sishini namoyish etishdir. Ushbu loyihaning shaharsozlik paradigmasi yangi turmush tarzini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga qaratilgan.
Loyihada milliy va xalqaro kompaniyalarning ofislari joylashadi. Bu yerda eng yaxshi savdo markazi bo'ladi. Bu yerda mamlakatdagi birinchi osmono'par bino va yuqori sifatli, o'rta balandlikdagi turar-joylar, shuningdek, park mavjud. Shu tariqa, mintaqaga kirib kelayotgan yangi kompaniyalar nafaqat ushbu yoki boshqa aniq hududning, balki butun mamlakatning investitsiya salohiyatini baholaydilar.
Hududlarni rivojlantirish falsafasiga asoslanib, davlat bosh rejasini ishlab chiqadi va texnik vazifalarni belgilaydi.
Hududlarni rivojlantirishdagi ikkinchi darajali manfaatdor tomonlar - bu deweloperlar va investorlardir. Dunyo bo'ylab xususiy kompaniyalar turli maqsadlardagi ko'chmas mulklarni qurayotganini ko'ramiz: turar-joy, tijoriy, dam olish maskanlari, shuningdek, jamoat joylari. Davlatning vazifasi - bu deweloperlar uchun moliyaviy va texnologik jihatdan qiziqarli bo'lgan loyihani ishlab chiqishdir.
Shu bilan birga, loyiha investorlarni jalb qilishi uchun iste'molchi yangi hududdan uy sotib olishni, savdo markaziga yoki parkka borishni, kompaniyalar esa biznes-markazda ofis ochishni yoki savdo maydonini band qilishni xohlashi kerak. Buning uchun hukumat va deweloper hududlarni rivojlantirish strategiyasini shunday o'ylashi kerakki, yakuniy iste'molchi o'z ehtiyojlarini qondira olsin.
Hududlarni rivojlantirish loyihalariga investorlarni qanday jalb qilish mumkin?
Katta hududlarni rivojlantirishning asosiy manfaatdor tomoni - har doim hukumatdir. Bunday loyihalarni amalga oshirish byudjetni to'ldiradi, ish o'rinlarini yaratadi, xizmatlarni rivojlantiradi, mahalliy aholi va biznesning sodiqligini oshirishga, shahar imidjini mahalliy va xalqaro darajada mustahkamlashga imkon beradi.
Shu bilan birga, dunyo bo'ylab hududlarni rivojlantirishga asosiy turtki beruvchi omil - bu transport infratuzilmasidir - bu hududlarga bo'lgan talabni jonlantiruvchi eng muhim omil. Misol tariqasida Moskva markaziy halqa yo'lining (MKJ) qurilishini keltirish mumkin - bu metro stantsiyalari bilan bog'langan yer usti temir yo'l liniyasi. Tarixan bu liniya shaharning sanoat zonalari bo'ylab o'tgan va sanoat ehtiyojlari uchun ishlatilgan. MKJ ochilishidan oldin hudud investorlar uchun unchalik jozibador bo'lmagan, ammo ochilgandan so'ng u yerda turar-joy, ofis, tijoriy, mehmonxona va madaniyat funktsiyalarini o'z ichiga olgan ko'p funksiyali ob'ektlar paydo bo'la boshladi.
Boshqa bir misol - bu shaharga tutashgan, 1480 kv. km maydonga ega bo'lgan Yangi Moskvadir. Bu yerda metro stantsiyalari ochilgandan so'ng, turar-joy ko'chmas mulkining qiymati 20% ga oshdi - bu transport infratuzilmasini qurishning to'g'ridan-to'g'ri ta'siridir.
Hozirda Toshkentda Chirchiq daryosi tomon tezkor tramvay liniyasini qurish imkoniyati haqida gapirilmoqda, bu yerda Yangi Toshkent paydo bo'ladi. Dunyodagi transport loyihalarini rivojlantirish tajribasi shuni ko'rsatadiki, investorlar va deweloperlarning hududga bo'lgan qiziqishi yirik tezkor tarmoqning paydo bo'lishi haqidagi xabarlar fonida allaqachon o'sa boshlaydi, chunki ular talabning oshishini kutishadi.
Samarali transport tizimining asosiy manfaatdor tomoni - bu hudud rezidentlaridir. Agar aholi uchun tezkor magistral yo'l qurilsa, ular shahar boshqa nuqtalaridagi xizmatlarga qulay va tezkor kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bunday istiqbol har doim investorlarni jalb qiladi.
Uzoq muddatli shahar rivojlanishi nuqtai nazaridan, transport tarmog'ini rivojlantirish loyihani amalga oshirishdan oldin bo'lishi kerak. Bunday sxema aholining to'g'ri transport odatlarini shakllantiradi. Agar shahardan tashqarida katta turar-joy massivi tezkor jamoat transporti bo'lmasdan qurilsa, aholi tabiiy ravishda mashina sotib oladi, bu esa ko'pincha bitta asosiy magistralni to'ldiradigan tirbandliklarga olib keladi. Metro yoki boshqa jamoat transporti tarmog'ini qurish, keyin esa butun hududni qurish optimalroqdir, chunki odatlarni o'zgartirish ularni shakllantirishdan ko'ra qiyinroqdir.
Bu borada Toshkentda hududlarni rivojlantirishning ikki turi mavjud. Ba'zi loyihalar shaharda amalga oshiriladi va mavjud transport tarmog'iga tushadi. Masalan, yangi biznes-markaz uchun maxsus yangi yo'l qurilmaydi. Foydalanuvchilar ob'ektga qanday borishini o'ylash - bu deweloperning vazifasi. Qo'shimcha chiqishlarni kelishish yoki svetofor o'rnatish talab qilinishi mumkin. Masala regulator bilan birgalikda hal qilinadi, ammo tashabbus investor tomonidan kelib chiqadi.
Yangi Toshkent kabi bunday yirik hududlarni rivojlantirishda investorlar va deweloperlar transport masalalarini dastlabki bosqichda hal qilish uchun shaharning o'zi bilan muloqotni boshlaydilar. Katta transport infratuzilmasini qurish - bu shaharning vazifasidir. Bu investor bilan davlat-xususiy sheriklik sxemasi bo'yicha birgalikda ham amalga oshirilishi mumkin, ammo asosiy yuk birinchi navbatda hokimiyat zimmasiga tushadi.
Barcha turdagi loyihalarni amalga oshirishda yangi hudud ichidagi logistikani o'ylash, uning transport yukini shaharning mavjud transport tarmog'iga integratsiya qilish, bu tarmoqning rivojlanishini hisobga olgan holda muhimdir. Shaharning bu boradagi roli juda katta, chunki aynan shahar transport rivojlanishining falsafasini shakllantiradi va uning vazifasi - bu falsafaning buzilmasligini ta'minlash uchun sharoit yaratishdir.
Hududlarni rivojlantirishda o'ziga xoslikni yo'qotmaslik qanday mumkin?
Ko'plab toshkentliklar shahri o'rniga yangi Dubay paydo bo'lishidan va poytaxt o'ziga xosligini yo'qotishidan qo'rqishadi. "Shahar ruhini" yo'qotmaslik uchun katta g'oyani to'g'ri shakllantirish muhimdir. Agar ushbu falsafaning tarkibiy qismlaridan biri o'ziga xoslikni saqlash bo'lsa, davlat organlarining vazifasi buni ta'minlashdir.
Bu yerda yaxshi misol sifatida "Samarqand City" loyihasini keltirish mumkin, bunda Commonwealth Partnership kompaniyasi biznes-reja ishlab chiqishda ishtirok etgan: konsepsiyaning birinchi versiyasi YUNESKO cheklovlari tufayli amalga oshirilmagan.
Shunday qilib, shahar tarixiy markaziga yaqin joylashgan sobiq sanoat hududlaridan birining uchastkasi SHHT sammitini o'tkazishga tayyorlanayotgan edi. Biroq, regulator buni shaharning o'ziga xosligiga tahdid solishi mumkin deb hisobladi va uning umumiy qiyofasi uchun mas'ul bo'lgan organlar loyiha tashabbuskorlaridan voz kechdi. Natijada, Silk Road Samarkand turistik va biznes markazi boshqa joyda amalga oshirildi.
Shahar arxitektura qiyofasi va tarixiy merosni saqlash uchun mas'ul bo'lgan davlat organlari taklif etilayotgan loyihalarni barcha mumkin bo'lgan xatarlar, shu jumladan aholi tomonidan qabul qilinishini tekshirishi kerak. Barcha shaharlarda umumiy landshaftga mos kelmaydigan loyihalar mavjud. Lekin me'morchilikda eski va yangi organik tarzda uyg'unlashgan misollar ham bor. Bunday misollardan biri - Londondagi redevelopment loyihalari, bu yerda ham deweloperlar, ham nazorat qiluvchi organlar tomonidan badiiy did namoyon etiladi.
O'zbekiston Respublikasi hukumati huzurida hududlarni rivojlantirishning katta g'oyasi bormi?
Commonwealth Partnership kompaniyasi konsalting sifatida O'zbekiston hukumatida hududlarni rivojlantirish falsafasi mavjudligini ko'radi. Bu Markaziy Osiyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotining imkoniyatlarini, mahalliy biznesni qo'llab-quvvatlashni, dunyoga va xalqaro biznesga ochiqlikni namoyish etishdir.
Ma'muriyat investorlarni jalb qilish ustida ishlamoqda. Bu vazifani maxsus tuzilgan jamoa bajaradi, u mahalliy kompaniyalarga investitsiya loyihalarini rivojlantirish va kengaytirishda, xalqaro investorlarga esa ushbu bozorga kirishda yordam beradi.


