CMWP Uzbekistanning fitnes-sanoati sharhida mintaqadagi har bir mamlakat uchun asosiy ko'rsatkichlar taqdim etilgan va birlashtirilgan: O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston.

 

Markaziy Osiyo mamlakatlarida sog'lom turmush tarziga bo'lgan qiziqish va tendentsiya mintaqada fitnes-sanoatining rivojlanishiga olib kelmoqda. Bozorning gullab-yashnayotganini aytish hali erta, ammo ekspert-analitiklar va maslahatchilar fitnes-xizmat ko'rsatuvchi operatorlar va foydalanuvchilar tomonidan qiziqishning ortib borayotganini ta'kidlamoqda.

CMWP Uzbekistan ekspertlari tomonidan o'tkazilgan Markaziy Osiyo fitnes-sanoati bozorini tahlil qilishdan ko'rinib turibdiki,

  1. hozirda butun mintaqa bo'ylab 209 ta sifatli* sport ob'ektlari faoliyat yuritmoqda. 
  2. Markaziy Osiyodagi sifatli fitnes zallarining umumiy maydoni 305 556 m² ni tashkil qiladi. Ulardan eng ko'p qismi Qozog'istonga to'g'ri keladi - 58%; O'zbekistonga - 20%; Tojikiston va Qirg'izistonga - 9% dan va Turkmanistonga - 3%.
  3. Markaziy Osiyo mintaqasida bozorning katta qismini Ekonom-klass fitnes zallari egallaydi, ularning ulushi 56,9% ni tashkil qiladi. Biroq, mintaqada aholining nisbatan past o'rtacha ish haqi ($480,6) ga qaramay, bozorda to'liq xizmatlar to'plamini taklif etuvchi Premium-klass fitnes-klublari keng tarqalgan. Ularning zallar umumiy sonidan ulushi 10% ga etadi.

 

O'zbekistonda fitnes-sanoati taklifining hajmi 62 526 m² ni tashkil etadi, bu Respublika ikki shahrida faoliyat yuritayotgan 53 ta sifatli fitnes-klublar tomonidan taqdim etiladi: Toshkentda 47 ta klub va Samarqandda 6 ta klub.

O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi umumiy taklifdan ulushi 20% ni tashkil qiladi, ammo fitnes zallari bilan ta'minlanganlik mintaqadagi eng past ko'rsatkichlardan biridir. 

Umumiy hajmdan 14 405 m² Premium-klass zallariga, 30 662 m² Biznes-klass zallariga va 17 459 m² Ekonom-klassga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, CMWP Uzbekistan ekspertlari Toshkentga 58 703 m² to'g'ri kelishini ta'kidlamoqda. 

 

Qo'shimcha ma'lumotlarni ilovadagi sharhda topishingiz mumkin, shuningdek, mintaqadagi har bir mamlakat haqidagi ma'lumotlar alohida slaydlar shaklida taqdim etilgan.

 

*Markaziy Osiyo mamlakatlarining rivojlanayotgan bozorlaridagi fitnes-sanoatining sifatli ob'ektlari (fitnes-klublar, sport zallari, fitnes-markazlar) ni CMWP Uzbekistan professional jamoa boshqaruvi ostida bo'lgan va asosiy texnik talablarga javob beradigan mahsulot deb hisoblashni taklif qiladi: garderoblar, dushlar, ventilyatsiya, shift balandligi, faqat trenajyorlar zonasi bilan cheklanmagan xizmatlar doirasi, o'z brendi yoki iste'molchiga mo'ljallangan ma'lumot olish uchun veb-sayt yoki kanal orqali uzatiladigan identifikatsiyasiga ega bo'lishi kerak.

CMWP Uzbekistan tahliliga mehmonxonalar tarkibiga kiruvchi fitnes zallari kiritilmagan, chunki ular infratuzilmaning bir qismidir.