«Toshkent savdo ko‘chalari qisqa yillar ichida o‘z chegaralarini kengaytirib, chakana savdo klasterlariga aylandi», - deydi CMWP Uzbekistan ekspertlari, street-retail formatidagi savdo ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha yangi sharhni taqdim etar ekan.
Chakana savdo tijoriy ko‘chmas mulkning barcha segmentlaridan ko‘ra tezroq o‘zgarishlar va shahar rivojlanishiga javob beradi.
Ushbu sharhda, CMWP Uzbekistan 3 yildan ortiq vaqtdan beri uzluksiz olib borayotgan savdo ko‘chmas mulkini monitoring qilish natijasida, ekspertlar Toshkentda street-retail sektori rivojlanishining o‘ziga xos jihatini ko‘rdilar, bu yerda savdo ko‘chalari savdo klasterlarining rivojlanishiga va shakllanishiga yordam beradi.


