Commonwealth Partnership maslahat beruvchi kompaniyasi ikkinchi chorak yakunlari bo'yicha Toshkent savdo mulklari bozorini tahlil qildi.

O'z hisobotida tahlilchilar yangi savdo maydonlarini ishga tushirishning belgilangan muddatlari kechikayotganini ta'kidlaydilar. Masalan, Alfraganus savdo markazi ob'ektni ishga tushirish sanasini ikkinchi chorakdan to'rtinchi chorakka ko'chirdi.

Tashkent City Mall savdo-ko'ngilochar markazi rasman uchinchi chorakda ochilishi kerak. Shu bilan birga, barcha ijara oluvchilar joriy yil oxirigacha ochilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Seoul Mun savdo markazi yanvar oyida maydonlarning bir qismini ochishiga qaramay, yil oxirigacha qolgan uchastkalarni qurib bitirishni rejalashtirmoqda.

Savdo ob'ektlarida o'rtacha oylik ijara stavkasi kv.m uchun 33,5 dollarni tashkil etdi, bu birinchi chorak bilan solishtirganda 20% ga oshgan.

Sifatli savdo markazlarida ijara stavkasi 14% ga o'sib, kv.m uchun 40 dollarni tashkil etdi.

Commonwealth Partnership ekspertlarining fikriga ko'ra, mahalliy bozorga chiqqan xalqaro brendlar sifatli chakana savdo segmentida bo'sh maydonlarning paydo bo'lishi hisobiga kengayishi mumkin.

Ikkinchi chorak oxirida savdo markazlarida bo'sh o'rinlar atigi 2,83% ni tashkil etdi. Biroq, Tashkent City Mall'ni ishga tushirilishi o'rtacha bo'sh o'rinlar darajasini sezilarli darajada oshiradi.

Bo'sh savdo ob'ektlarining kam soni yuqori talabga nisbatan sifatli maydonlarning yetishmasligi bilan izohlanadi.

Aksariyat savdo tarmoqlari kichik lotlar bilan ishlaydi, shuning uchun ularga yirik ijara oluvchilarni jalb qilish qiyin.

 

Manba: Spot.uz

Foto: yandex.uz