CMWP Uzbekistan jamoasi mehmondo‘stlik sanoatining yangi segmenti — glampinglar haqida sharh tayyorladi.
Glamping (inglizcha "glamour" va "camping" so‘zlaridan) — bu tabiat bilan chuqur aloqani hashamatli darajadagi qulaylik bilan uyg‘unlashtiradigan joylashtirish formati. Glamping mehmonlarga zamonaviy qulayliklardan voz kechmasdan tabiatdan bahramand bo‘lish imkonini beradi, lager atmosferasi va hashamat elementlarini birlashtiradi.
2025-yilga kelib global glamping bozori hajmi 3,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi va yaqin 5 yil ichida deyarli 2 barobar o‘sishi prognoz qilinayotgan bir paytda, Markaziy Osiyo bozori uchun bu format juda yangi (6-slayddagi ma'lumot). Hududda uning rivojlanishiga jahon pandemiyasi turtki bo‘ldi.
CMWP Uzbekistan tomonidan glampinglar bozorini tahlil qilish, noyob landshaftlar va ekoturizmga bo‘lgan talabning o‘sishi tufayli rivojlanish dinamikasi va istiqbollarini ko‘rsatadi.


